Ignatiy Nesterovdan doping topildimi? O‘FA bu haqida bayonot berdi

Ignatiy Nesterovdan doping topildimi? O‘FA bu haqida bayonot berdi

O‘zbekiston Futbol assosiasiyasi ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan O‘zbekiston milliy tera jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi davomida olingan tahlillarda taqiqlangan modda topilgani haqida xabarga rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, haqiqatan ham, Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni Ignatiy Nesterovdan Osiyo Kubogi doirasida olingan tahlillar natijasida uning qonida taqiqlangan modda aniqlangani haqida rasmiy xat O‘FA va Nesterov ayni paytda to‘p surayotgan Saudiya Arabistonining Uhud klubiga rasmiy xat yuborilgan.

Ammo mazkur xatda bu masala bo‘yicha hozirda OFK Tartib-intizom qo‘mitasi ish olib borayotgani, hali yakuniy qaror qabul qilinmagani, ungacha esa bu ma’lumotni oshkor qilmay turish so‘ralgan. Shuningdek, yakuniy qaror qabul qilingunga qadar Ignatiy Nesterov hech qaysi jamoa tarkibida maydonga tusha olmasligi ham xatda ma’lum qilingan.

Xabarda yozilishicha, shunga qaramay, Uhud klubi o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu ma’lumotni ommaga oshkor qilib, Nesterov doping qabul qilgani tufayli OFK tomonidan chetlatilgani haqida xabar tarqatadi.

Terma jamoa shifokorlari Ignatiy Nesterov bilan bu masalada suhbatlashishganda, Nesterov Osiyo Kubogi davomida terma jamoa shifokorlarining ruxsatisiz va ularni ogohlantirmay vazn tashlashga yordam beruvchi dori qabul qilgani ma’lum bo‘ldi.

O‘FA Ignatiy Nesterovning bu xatti-harakatini qoralashini, shu bilan birga futbolchining ataylab taqiqlangan moddalarni qabul qilish maqsadi bo‘lmaganini, bu dori tarkibidagi ba’zi moddalar taqiqlanganini bilmaganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishidan so‘ng yakuniy qarorni qabul qilishini,ungacha esa barcha ommaviy axborot vositalaridan Ignatiy Nesterov bo‘yicha xabar yozayotganda mana shu jihatlarga e’tibor qaratish so‘ralgan.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!