Ichki bozorda shakar mahsuloti uzluksiz yetkazib berish holati va narxlarning barqarorligi ta’minlanmoqda

Ichki bozorda shakar mahsuloti uzluksiz yetkazib berish holati va narxlarning barqarorligi ta’minlanmoqda

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar, xususan shakar mahsuloti realizasiyasi doimiy tahlil qilib borilmoqda.

Ichki bozorda shakarga bo‘lgan ehtiyoj bir yilda o‘rtacha 600 – 650 ming tn.ni tashkil etib, mahalliy shakar ishlab chiqaruvchi korxonalarda (quvvati 1,2 mln tn.dan ortiq) ehtiyojni to‘liq qoplash imkoniyati mavjud. Xususan, bugungi kun holatiga mahalliy shakar zavodlarida 258 ming tn shakar mahsuloti resurslari mavjud hamda arzon narxlarda xomashyo yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzolangan. Shundan, omborda 22 ming tn tayyor shakar va 83 ming tn xomashyo, shuningdek, iyun oyiga qadar 153 ming tn xomashyo yetkazib beriladi. Bundan tashqari, joriy yilning birinchi choragida respublikaga jami 65,5 ming tn shakar, asosan Rossiya, Qozog‘iston va Belarus davlatlaridan import qilingan. Ta’kidlash joizki, joriy yil 16 apreldan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolariga qo‘yiladigan shakar mahsulotining kunlik hajmi 20 foizga (2 100 tonnadan – 2 500 tonnaga) oshirilib, boshlang‘ich narxi 6 foizga (13 600 so‘mdan – 12 860 so‘mga) pasaytirildi. Ma’lumot uchun: Bugungi kunda (16 aprel) mahalliy korxonalar tomonidan birja savdolariga jami 2 500 tn shakar mahsuloti boshlang‘ich narxi 12 860 so‘mdan qo‘yilib, 88 foizi (yoki 2 206 tnsi) 1 kg uchun o‘rtacha 13 039 so‘mdan realizasiya qilingan.

Shu bilan birga, dehqon bozorlari (elga xizmat rastalari) va yirik savdo tarmoqlarida shakar mahsulotining chakana narxi avvalgi vaqtga nisbatan arzonlashgan bo‘lib uning 1 kg uchun 13 000 so‘mdan sotilishi ta’minlanmoqda.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan shakar mahsuloti narxlari yuzasidan doimiy monitoring o‘rnatilganligi va uning narxlarini barqaror saqlash bo‘yicha zarur choratadbirlar ko‘rilayotganligini ma’lum qilamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!