Hindistonda mikrochip ishlab chiqaradigan zavod qurishga uch milliard dollar ekvivalentida mablag‘ ajratildi

Hindistonda mikrochip ishlab chiqaradigan zavod qurishga uch milliard dollar ekvivalentida mablag‘ ajratildi

Hindiston mikrochip ishlab chiqarish bo‘yicha jahon markaziga aylanish niyatida.

Tata yirik yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchi. Loyiha uchun uch milliard dollar ekvivalentida mablag‘ ajratildi, deya xabar bermoqda «TASS» Hindiston elektron va axborot texnologiyalari vazirligiga tayanib.

Zavod sharqiy Assam shtatida quriladi va kuniga 48 milliondan ortiq chip ishlab chiqarish quvvatiga ega. Hindistonning yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish markaziga aylanishi rejalashtirilgan.

Hindiston chip ishlab chiqarish sanoatini faol rivojlantirmoqda. 2023 yil iyun oyida Micron Technology kompaniyasi bilan Gujaratda 2024 yil oxirigacha ishga tushishi kerak bo‘lgan zavod qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi.

Shuningdek, 2023 yilda Tayvanning Foxconn kompaniyasi Hindiston hukumatiga mamlakatda mikrochip ishlab chiqarishni joylashtirish taklifi bilan murojaat qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!