Hindistonda fermerlar yangi qonunga qarshi namoyish o‘tkazdi

Hindistonda fermerlar yangi qonunga qarshi namoyish o‘tkazdi

Hindistonlik fermerlar mamlakat poytaxtidagi yo‘llarni to‘sib qo‘yishmoqda. Namoyishchilarning aytishicha, ular faqat favqulodda holat mashinalari o‘tishiga ruxsat beradi.

Dehqonlar bir necha oydan beri qishloq xo‘jaligiga oid yangi qonun yuzasidan norozilik bildirib kelmoqda. Rasmiy ravishda hujjat fermerlarga o‘z mahsulotlarini mamlakatning istalgan bozorida sotish imkonini beradi. Ammo fermerlar fikricha, yangi qonun aslida sotuvchilarning foydasiga ishlaydi va kafolatlangan minimal xarid narxi shunchaki yo‘qoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!