Hindistonda bir kun ichida 347 mingdpn ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Hindistonda bir kun ichida 347 mingdpn ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Hindistonda bir kun ichida 347.058 kishi koronavirusga qarshi emlandi, bu emlash boshlanganidan, ya’ni 16 yanvardan buyon qayd etilgan rekord natijadir.

Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.

Avvalgi rekord 21 yanvarda o‘rnatilgan, o‘shanda 237.050 kishi emlangandi. Emlashlarning o‘rtacha kunlik soni 198.656 tani tashkil qilmoqda.

Emlash Hindistonda 16 yanvarda boshlandi. Birinchi bosqichda 30 million kishi emlanishi kutilmoqda: 10 million tibbiyot xodimi va "xavf zonasi"dan 20 million kishi - polisiya, harbiylar, fuqaro mudofaasi xodimlari. Shundan so‘ng emlash 50 yoshdan oshgan va 50 yoshgacha bo‘lgan shaxslar orasida amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!