Hindistonda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda

Hindistonda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda

Minglab hind shifokorlari Kalkuttadagi shifoxonada stajorning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi ortidan boshlangan norozilik namoyishlarini to‘xtatishdan bosh tortdi.

Namoyishchilar ayollar uchun xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishi va jinoiy ish bo‘yicha tezkor tergov o‘tkazilishini talab qilmoqda, deb xabar beradi Reuters.

Butun mamlakat bo‘ylab shifokorlar norozilik namoyishlarini o‘tkazdilar va shoshilinch yordamga muhtoj bo‘lmagan bemorlarni ko‘rishdan bosh tortdilar. Hukumat shifokorlarni xizmatga qaytishga chaqirdi va tibbiyot xodimlarining himoyasini yaxshilash choralarini taklif qilish uchun qo‘mita tuzdi.

«Bizning ishimizni muddatsiz to‘xtatishimiz va o‘tirishimiz talablarimiz bajarilmaguncha davom etadi», - dedi namoyishchilar vakili.

Shifokorlar bilan birdamlik namoyishida G‘arbiy Bengaliya shtatining ikkita eng yirik futbol klubining minglab muxlislari yakshanba kuni kechqurun Kolkata ko‘chalari bo‘ylab «Biz adolatni xohlaymiz» degan shiorlar bilan yurishdi.

31 yoshli Moumita Debnatning jasadi 9 avgust kuni topilgan. Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, u amaliyot o‘tayotgan Kolkata shahridagi shifoxonada zo‘rlangan va o‘ldirilgan. Debnatning oilasi Moumitani guruhli zo‘rlash qurboni bo‘lganini da’vo qilmoqda. Biroq hozircha faqat bir kishi hibsga olingan — polisiya ko‘ngillisi Sanjay Roy, uning tanasi yonidan naushniklari topilganidan keyin shaxsi aniqlangan. U jinoyatga iqror bo‘ldi.

🔸Hindistonda ayollarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. 2022 yilda polisiya zo‘rlash bo‘yicha o‘ttiz mingdan ortiq xabarlarni qayd etdi - va bu umumiy ko‘rsatkichning kichik bir qismi. Jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar, ayniqsa Hindistonning qishloqlarida qoralanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!