Hindiston va Rossiya Arktikani birgalikda tadqiq qilishni muhokama qilmoqda

Hindiston va Rossiya Arktikani birgalikda tadqiq qilishni muhokama qilmoqda

Hindiston va Rossiya Arktikadagi yangi qo‘shma ilmiy loyihani muhokama qilmoqda, u muhimligi bo‘yicha Xalqaro kosmik stansiyaga teng bo‘lishi kerak, deb yozadi «TASS».

«Rossiya hozirda Arktikada kuchli tadqiqot loyihasini - Shimoliy qutb drift ekspedisiyasini amalga oshirmoqda. Olimlarimiz noyob kema – yuqori kengliklarda ilmiy ish olib borish uchun eng zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarga ega muzga chidamli platforma ko‘magida ishlamoqda. Biz hindistonlik hamkasblarni tadqiqotga qo‘shilishga taklif qildik va ular juda qiziqishdi», — dedi Rossiya Arktika va Antarktika tadqiqot instituti (AARI) direktori Aleksandr Makarov.

So‘nggi paytlarda Hindistonning Arktikaga qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Rossiya bilan yangi hamkorlik uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Olingan ilmiy bilimlar tabiiy o‘zgarishlarga tez moslashishga va salbiy oqibatlarni minimallashtirishga yordam berishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!