Hazrati Umar nega yig‘ladi?

Hazrati Umar nega yig‘ladi?

Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Ularning ichida ayollar va bolalar ham bor edi.

Umar roziyallohu anhu Abdurahmon ibn Avfga: «Bu kecha ularga qo‘riqchilik qilasizmi?» dedilar. Kech kirdi. Alloh farz etgan namozlarini o‘qishdi. Shunda hazrati Umar bir go‘dakning yig‘isini eshitib, u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan qo‘rq, bolangga yaxshi qara», deb  o‘z o‘rinlariga qaytdilar. Ammo yig‘i ovozi yana qaytaladi. Yana: «Allohdan qo‘rq va bolangga yaxshi qara», dedilar-da joylariga qaytdilar. Tunning oxirida yana uning yig‘isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O‘g‘lingga nima bo‘ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo‘minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor qilib yubordi, men uni ko‘krakdan chiqarishga majburlayman, u esa unamaydi», dedi.

Umar roziyallohu anhu: «Nima uchun?» deb so‘radilar.

U dedi: «Chunki Umar faqat ko‘krakdan chiqqan bolalargagina nafaqa belgilaydi (ya’ni farzandlari ko‘krakdan chiqqan otalargagina haq beradi).

Umar roziyallohu anhu: «Buning yoshi nechada?» dedilar.

U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi.

Umar roziyallohu anhu esa: «Esiz, unaqa shoshmagin», dedilar-da, bomdod namozini o‘qidilar. Yig‘ining kuchliligidan qiroatlari odamlarga yaxshi eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, qancha musulmon farzandlari halok bo‘ldi...» So‘ng bir jarchiga: «Go‘daklaringizni ko‘krakdan chiqarishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug‘ilgan har bir go‘dak uchun (haq) belgilaymiz», deb nido qilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.

Abu Umar tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!