Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqdi

Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqdi

Halo Space kompaniyasi kosmik turizm uchun havo sharini ishlab chiqmoqda.Uning yordamida Yer yuzasidan 35 km balandlikka ko‘tarilish mumkin.

Sayyohlar germetik kapsulada bo‘lishadi, shuning uchun hech qanday skafandrlar talab qilinmaydi. Parvoz olti soatga mo‘ljallangan, shundan to‘rt soati stratosferada o‘tadi.

Sinov parvozi sentyabrga rejalashtirilgan, lekin hozircha odamlarsiz. Agar hammasi yaxshi o‘tsa, Halo Space 2026-yilda tijorat parvozlarini boshlaydi.

Chiptaning narxi taxminan 150 000 yevro bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!