Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgarib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

Bugun va ertaga O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati +20…+22 daraja iliq bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi.

Hafta o‘rtasida ob-havo o‘zgaradi. 27 oktyabrda respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

28 oktyabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

29 oktyabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Hafta davomida harorat kechalari +4…+9 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va haftaning oxiriga kelib, harorat +7…+12 daraja iliqgacha pasayadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!