Habibning holati haqida xabar berildi

Habibning holati haqida xabar berildi

Singapurdagi One Championship turniriga yetib borgan yengil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedovning koronavirusga topshirgan PSR-testi ijobiy natija bergan edi.

Dog‘istonlik jangchida kovid aniqlangan va u maxsus mehmonxonaga joylashtirilib, karantinga olingandi. Habib Singapurga Saygid Izagaxmayevning sekundanti sifatida borgandi. Bu haqida turnir translyasiyasi davomida Osiyo promousheni matbuot xizmati xabar ham berdi.

Xabarda aytilishicha, Nurmagomedovning karantin muddati ikki haftaga cho‘zilishi ham mumkin. Agar shunday bo‘lgan taqdirda u 28 yanvar kuni Mayami shahrida o‘tkaziladigan o‘zining Eagle FC 44 turnirida qatnasha olmasligi ham mumkin.

Saygid Izagaxmayev kechagi jangda Habib Nurmagomedovsiz ham amerikalik raqibi Jeyms Nakashimani ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

"Habibda kasallikning yengil formasi o‘tmoqda. Tana harorati ko‘tarilmagan. Agar uning keyingi test natijalarida kasallik alomatlari aniqlanmasa, karantindan belgilangan muddatdan oldinroq ham chiqishi mumkin", — deyiladi Nurmagomedovning jamoasi bergan ma’lumotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!