Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi mumkin

Habib Nurmagomedov faoliyatini yakunlashi mumkin

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiysi Xavyer Mendes otasi Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limidan so‘ng jangchining kelajakdagi faoliyati haqida ma’lum qildi, deb xabar beradi “zakon.kz”.

Mutaxassis tomonidan qayd etilishicha, shogirdi o‘z faoliyatini yakunlashi va murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin.

“Bu holat sentyabrdagi jangga qanday ta’sir qilishini, bu bechora yigitning xayolida hozirda nimalar borligini tasavvur ham qila olmayman.

U nima qilishni xohlamasin, baribir, u bilan birga bo‘laman. U mening qo‘llab-quvvatlashimga muhtoj. Agar u jang qilmoqchi bo‘lsa, men ham u bilan bo‘laman. Agar u faoliyatini yakunlashga qaror qilsa, shunda ham uning yonida turaman.

Men u otasining merosini davom ettirishni xohlayotganini va  yaxshi murabbiy ekanligini aniq bilaman. So‘nggi to‘rt-besh yil davomida u buni amalga oshirdi. U amakivachchasi Islomni va boshqa o‘sib kelayotgan yosh yulduzlarni tarbiyalashda yordam berdi”, deya ta’kidlagan Mendes.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!