Habib Nurmagomedov faoliyatidagi so‘nggi jangini kimga qarshi o‘tkazadi?

Habib Nurmagomedov faoliyatidagi so‘nggi jangini kimga qarshi o‘tkazadi?

Habib Nurmagomedov o‘z karyerasida so‘nggi jangni kanadalik yakkakurashchi Jorj Sen-Pyerga qarshi o‘tkazishi mumkin. Bu haqida UFC rahbari Deyna Uayt o‘z tvitterida xabar qildi.

“Konor revansh o‘tkazishni istaydi. U buni Nurmagomedov bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangidan beri istaydi. Bilmadim, buni tashkil qilishning iloji bo‘ladimi, yo‘qmi. Agar Nurmagomedov so‘nggi jangini Sen-Pyerga qarshi o‘tkazishni e’lon qilsa, albatta, bu jangni tashkil qilish mumkin. Habib sport va janglarda o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Habib menga juda yoqadi, shuning uchun men uni u nimaki istasa, tashkil qilishga roziman”, – deydi Uayt.   

Shu yilning oktyabrida BAAda bo‘lib o‘tadigan jangda Habibning raqibi  amerikalik Jastin Getji bo‘lishi kutilmoqda.

Biroz oldin Habib Sen-Pyerga qarshi kurash o‘tkazishi mumkinligini xabar qilgandi, lekin kanadalik sportchi 2019 yilda karyerasi tugaganini ma’lum qildi. 39 yoshli Sen-Pyer faqat Nurmagomedovga qarshi kurash uchun rinngga qaytishi mumkinligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmannop Nurmagomedov 3 iyul kuni koronavirus oqibatidan vafot etgan. Shundan so‘ng Habib otasi Dog‘istonda olib borgan bir necha sport inshootlarini qurib bitkazish uchun o‘zining sport karyerasini tugatishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!