"Go‘shtni kimdan olasiz?"

"Go‘shtni kimdan olasiz?"

Toshkentda o‘qib yurgan paytlarim, ikki minginchi yillar...

Bir yaqinroq tanishim Chorsu bozorida halol go‘sht sotadigan odam deb, bir kishi bilan tanishtirib ketdi. Yarim yilga yaqin o‘sha odamdan harid qilib yurdim. Bir kun katta yuk mashinasidan go‘sht tushiryapganining ustidan chiqib qoldim. Na tozalikka va na ko‘rinishdan halollikka to‘g‘ri keladi(go‘sht sohasini biroz tushunaman). Haydovchidan "qayerdan olib keldingiz?" desam, bir uzoq viloyatni aytdi. Qassobga "aka, hammasini biz o‘zimiz so‘yamiz, halolligiga kafilman degandingiz-ku!?" desam, "qiziq odamakansiz-u, bu katta bozor bo‘lsa, shuncha odamga men qayerdan ulguraman, yetmay qolgandan keyin sotib ham olaman-da" dedi...

Oradan o‘n besh yil o‘tdi. Yana bir yaqin tanishim kichkinagina oshxona ochilganini, egasi halol, taqvodor odamlar ekanini aytdi. Bir marta birga bordik. Oradan kunlar o‘tdi, o‘sha joyga go‘shtli non olish uchun kirdim. Hali tayyor bo‘lmaganini, biroz kutishim kerakligini aytishdi. Shu payt aravachada go‘sht kelib qoldi. Hayolimga eski voqea kelib qoldi. "Go‘shtni kimdan olasiz?" dedim. "Bozorga chiqaman, rastalarni aylanaman, eng pokiza, qog‘ozlarga o‘rab qo‘yilgan bo‘lsa, keyin olaman" deb javob berdi. Tushunchadagi o‘lchovlarimiz bir-birimizga mos tushmadi. Buyurtmani to‘xtatib, oshxonadan chiqib ketdim. O‘sha tanishimga bo‘lgan holatni aytdim. "Biz ham bilmagan ekanmiz, ancha gaplarni keyin eshitdik" dedi...

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!