Go‘sht 28 ming, guruch 3 ming so‘m. Bozorlarimizda narx-navo qanday?

Go‘sht 28 ming, guruch 3 ming so‘m. Bozorlarimizda narx-navo qanday?

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi mamlakat bozorlaridagi narx-navolarni o‘rganishni davom etadi.

Mamlakat bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019 yil 4 mart holatidagi narxlari

Mol go‘shti

28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha

Mamlakatimiz bozorlarida 1 kg. mol go‘shti 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilmoqda.

Eng arzon narxlar bu haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Navoiy shahri Sahovat MCHJga qarashli markaziy bozori, Farhod bozori (Toshkent shahri)da, Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri), Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) kuzatildi. 1 kg. mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.

Eng qimmat Urganch markaziy dehqon bozori, Mirobod dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) 30 000 40 000 so‘m.

Qo‘y go‘shti

28 000 so‘mdan 42 000 so‘mgacha

Poytaxt bozorlarida 1 kg. qo‘y go‘shti 28000 40000 ming so‘mgacha sotilmoqda.

Eng arzon narx haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida - 1 kg. qo‘y go‘shti narxi 28 000 33 000 so‘m.

Eng qimmat narx Yunusobod dehqon bozori, Mirobod dehqon bozori, Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri)da 1 kg. qo‘y go‘shti 38 000 42 000 so‘m.

Tovuq go‘shti

12 000 so‘mdan 21 000 so‘mgacha

Eng qimmat narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da - 18000 21 000 so‘m

Eng arzon narx Buxaro shahar Markaziy dehqon bozorida 12000 so‘m

Poytaxt bozorlarida 1 kg. tovuq go‘shtini o‘rtacha 16000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Guruch

3 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha

Eng qimmat va eng arzon narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati) 3000 14000 so‘m.

O‘simlik yog‘i

8 000 so‘mdan 12 500 so‘mgacha

Eng arzon Urganch markaziy dehqon bozori, Farhod dehqon bozori (Toshkent shahri), Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da 8000 11500 so‘m.

Eng qimmat narxlar Mirobod dehqon bozori va Qo‘yliq dehqon bozori (Toshkent shahri) - 12500 so‘mgacha

Un

1 500 so‘mdan 4000 so‘mgacha

Eng arzon Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da 1 kg. 1-navli un 1500 so‘mdan 2000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Urganch Markaziy dehqon bozori 3500 4000 so‘m.

Shakar

4 400 so‘mdan 5 500 so‘mgacha

Eng qimmat narx Termiz shahar Markaziy dehqon bozori (Surxondaryo viloyati)da, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da 5000-5500 so‘m.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri)da 4400 5000 so‘m.

Tuxum

350 so‘mdan 650 so‘mgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar Yerqo‘rg‘on dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Yunusobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da 350 so‘mdan 550 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida, Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida - 650 so‘mgacha.

Kartoshka

1 100 so‘mdan 3 000 so‘mgacha

Kartoshkaning narxi ba’zi bozorlarda arzonlashgan.

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 1100 so‘mdan 2200 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Mirobod dehqon bozori (Toshkent shahri)da bozorida 1 kg. kartoshka 3000 so‘mgacha.

Pomidor

5000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha

Eng arzon narx Chorsu dehqon bozori (Toshkent shahri) 5000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida 10 000 18 000 so‘mgacha.

Xo‘jalik sovuni

1 500 so‘mdan 3 500 so‘mgacha

Eng arzon narx Qarshi shahar Yerqo‘rg‘on dehqon bozori (Qashqadaryo viloyati), Namangan shahri Sardoba dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida, Farg‘ona markaziy bozori (Farg‘ona viloyati)da 1 500 so‘mdan 2500 so‘mgacha.

Eng qimmat narx Jizzax shahri markaziy dehqon bozori, Urganch Markaziy dehqon bozorida 3000 3500 so‘mgacha.

Mamlakatimiz aksariyat bozorlarida sifatli xo‘jalik sovunini 3000 so‘mdan xarid qilish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!