Gurjistonda noroziliklarga sabab bo‘lgan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Gurjistonda noroziliklarga sabab bo‘lgan «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Gurjiston parlamenti «chet el agentlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi, unga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazilgan edi.

Hujjatni 83 nafar deputat yoqladi, qarshi ovoz berganlar bo‘lmadi.

Bir kun avval parlament oldida qonun loyihasiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar polisiya tomonidan tarqatib yuborildi.

Qonun loyihasida moliyalashtirishning 20 foizdan ortig‘ini xorijdan oluvchi nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalariga chet el davlat manfaatlarini himoya qiluvchi tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatini yuklash nazarda tutilgan. Ro‘yxatdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganlik uchun jarima solish taklif qilinmoqda.

Gurjiston rasmiylarining aytishicha, bu qonun chet el agentlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi AQSh qonunining qisqartirilgan versiyasidir va uning qabul qilinishi aholining xabardorligini sezilarli darajada yaxshilaydi.

Shu bilan birga, qonunga qarshi bo‘lganlar uni Rossiyadan ko‘chirilgan va muxolifatni obro‘sizlantirishga qaratilganini ta’kidlab, e’tiroz bildirishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!