Gruziya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning yana uchta davlatidan uchib keluvchi fuqarolarni qabul qilishni boshladi

Gruziya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning yana uchta davlatidan uchib keluvchi fuqarolarni qabul qilishni boshladi

 

Gruziya O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi. Qaror 5 mart kuni idoralararo muvofiqlashtirish kengashi tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi mamlakat hukumati matbuot xizmatiga asoslanib «Gazeta.uz».

 

Endi yuqorida qayd etilgan to‘rt mamlakat fuqarolari parvozdan avvalgi 72 soat ichida topshirilgan PZR-test tahlilining manfiy natijasi asosida Gruziyaga uchib kelishlari mumkin. Tashrif buyuruvchilar mamlakatga kelganining uchinchi kuni o‘z mablag‘lari hisobidan qayta test tahlili topshirishlari shart.

Shu bilan birga, quruqlik va dengiz chegaralari sayyohlar uchun yopiq bo‘lib qolmoqda. Imtiyozlar mamlakatga samolyotda uchib kelganlar uchungina amal qiladi.

Shuningdek, 1 martdan boshlab Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Qozog‘iston va Rossiya fuqarolari ham koronavirus testining manfiy natijasi bilan Gruziyaga kirishi mumkin. Avvalroq xuddi shu qoidalar Yevropa Ittifoqi, Isroil, Shveysariya, Norvegiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Qatar, BAA, Bahrayn va Turkiya fuqarolari uchun joriy qilingandi.

Epidemiologik vaziyatning yaxshilanishi tufayli Gruziya rasmiylari 2020 yil martidan boshlab amal qilgan muntazam parvozlarga qo‘yilgan taqiqni 2021 yil 1 fevral kuni butunlay bekor qildi.

Koronavirusga qarshi emlashning to‘liq kursini tamomlagan barcha chet elliklar Gruziyaga shartsiz kirishi mumkin. Bu uchun ular tegishli hujjatni chegarada taqdim etishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil iyul oyidan boshlab Toshkent va Tbilisi muntazam reyslar bilan bog‘lanib, parvozlar haftada ikki marta – seshanba va juma kunlari amalga oshirilishi belgilangandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!