Gollivud aktyori oyligini oshirish maqsadida o‘ziga qarshi tajovuz uyushtirdi

Gollivud aktyori oyligini oshirish maqsadida o‘ziga qarshi tajovuz uyushtirdi

Gollivud aktyori Jussi Smollett o‘z maoshini ko‘tarish maqsadida o‘ziga qarshi hujum uyushtirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Forum Daily.

Smollett yanvar oyi oxirida Chikago ko‘chalaridan birida go‘yoki unga ikki kishi tajovuz qilgani oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, tajovuzkorlar uni irqiy jihatdan haqorat qilib, bir necha zarbalar bergan va bo‘yniga arqon tashlab, ustiga noma’lum suyuqlik to‘kib ketgan.

Aniqlanishicha, bu suyuqlik oqartirish vositasi bo‘lgan. Shundan so‘ng polisiya aktyorni tajovuz uyushtirishda gumon qilgan va qo‘lga olgan.

Polisiya vakilining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Smollett unga nisbatan kelib chiqqan irqchilik g‘azabidan foydalanib o‘z karyerasini ko‘tarmoqchi bo‘lgan.

Shuningdek, aktyor irqiy jihatdan haqoratlar yozilgan xatni 20th Century Fox studiyasiga o‘z nomiga yuborgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!