GM Uzbekistan avtomobillarni chaqirib olish siyosatini ma’lum qildi

GM Uzbekistan avtomobillarni chaqirib olish siyosatini ma’lum qildi

GM Uzbekistan 2014 yildan buyon 12 ta chaqirib olish kampaniyasini o‘tkazdi. Bu haqda Xalqaro press-klub materialida ma’lum qilindi, deb yozadi Spot.

316 250 ta avtomobil: ichki bozorda 167 154 ta va tashqi bozorda 149 096 ta avtomobil chaqirib olishga tushganligi ma’lum qilindi.

«Barcha e’lon qilingan kampaniyalar zarur qismlar bilan ta’minlangan», — deyiladi xabarda.

E’lon qilingan har bir chaqiruv kampaniyasida avtomobil egasiga diler tomonidan muammoga aniqlik kirituvchi va uni bartaraf etish uchun talab etiladigan vaqt ko‘rsatilgan rasmiy maktub yuboriladi.

Servis xizmatidan o‘tish mobaynida rasmiy dilerlik korxonalari tomonidan avtomobilning har bir VIN-raqami avtomobilni chaqirib olish predmetiga tekshiriladi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!