"Gitlerning shaxsiy timsohi" Moskva hayvonot bog‘ida vafot etdi

"Gitlerning shaxsiy timsohi" Moskva hayvonot bog‘ida vafot etdi

Gitlerga tegishli deb taxmin qilinayotgan Saturn nomli timsoh Moskvadagi hayvonot bog‘ida vafot etdi, deya xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlar.

Shuni ta’kidlash kerakki, timsoh 84 yoshida o‘lgan, bu ushbu tur vakili uchun juda ko‘p hisoblanadi. Odatda timsohlar 30-50 yil yashashadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Saturn 1936 yilda AQShda tug‘ilgan, keyinchalik uni Berlin hayvonot bog‘iga olib ketishgan va u 1943 yilda sodir bo‘lgan portlashdan so‘ng qochib ketgan. Timsohning keyingi uch yil davomida qayerda yashiringanligi noma’lum. Inglizlar uni 1946 yilda topib, SSSRga topshirishgan.

Saturn hayvonot bog‘ida paydo bo‘lganidan so‘ng uning Gitlerning shaxsiy to‘plamida bo‘lganligi haqida afsonalar paydo bo‘lgan.

"Ammo, nazariy jihatdan chindan birovga tegishli bo‘lsa ham - hayvonlar urushga va siyosatga aralashishmagan, ularni odamlarning gunohlari uchun ayblash bema’nilikdir", deydi hayvonot bog‘i ishchilari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!