Germaniyaning KNDS konserni yangi gaubisalarni taqdim etdi

Germaniyaning KNDS konserni yangi gaubisalarni taqdim etdi

Germaniyaning KNDS mudofaa konserni Magdeburg (Saksoniya-Anxalt) yaqinidagi poligonda Piranha HMC AGM va Boxer RCH 155 g‘ildirakli shassilarida yangi gaubisalarni taqdim etdi.

Bu haqda NTV telekanali xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelajakda Ukrainaga 50 ta shunday qurollar yuborilishi mumkin.

NTV telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, ikkala model ham «o‘ziyurar gaubisaning o‘q otish quvvati va zirhli transportyor tezligini birlashtirgan» va 54 km masofadagi nishonlarni urishga qodir. Kelajakda ular masofadan boshqarish uchun qo‘shimcha modul bilan jihozlanishi mumkin, deyiladi xabarda.

Germaniya Ukrainaga AQShdan keyin ikkinchi yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi. Ukrainaga Berlindan berilgan harbiy yordamning umumiy miqdori (ko‘rsatilgan va va’da qilingan) taxminan 28 milliard yevroni tashkil qiladi. 2024 yilgi budjetda bu maqsadlar uchun 7 milliard yevrodan ortiq mablag‘ nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!