Germaniyalik futbolchi akulalarga yem bo‘ldi

Germaniyalik futbolchi akulalarga yem bo‘ldi

AQShning «Gasting Bronkos» klubi futbolchisi Erik Birigitti Avtraliyadagi ta’til vaqtida fojiali o‘lim topdi.

21 yoshli germaniyalik futbolchi qoyali sohilda sayr qilib yurgan vaqtda kutilmaganda sirpanib, suvga tushib ketadi. Dengiz to‘lqinlari uni shu zahotiyoq oqizib ketgan.

Futbolchining do‘stlari unga yordam berishga urinadi, biroq harakatlar samara bermaydi. Voqea joyiga polisiya va qutqaruv xizmati yetib keladi. Tunga borib dengizdan futbolchining tana qismlari topiladi.

Dastlabki ma’lumotlarga asosan, Birigittiga ochiq dengizda akulalar hujum qilgan. Biroq u vaqtda futbolchi tirik holatda bo‘lgani yoki joni uzilgani haqida ma’lumot yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!