Germaniyada metro bekati vafot etgan musulmon nomi bilan ataldi

Germaniyada metro bekati vafot etgan musulmon nomi bilan ataldi

O‘tgan yilning noyabr oyida Germaniyada yosh musulmon bir odamni qutqarish uchun o‘z hayotini qurbon qilgan edi. O‘shanda 17 yoshli Mustafo Alptug‘ Suzen metro reyslariga tushib ketgan bir inson hayotini saqlab qolib, biroq o‘zi yaqinlashib kelayotgan poyezdning g‘ildiraklari ostida qolib ketgan.

Fojiali voqea sodir bo‘lganidan so‘ng, Frankfurt ma’muriyati va Deutsche Bahn temir yo‘l kompaniyasi Frankfurt shaharidagi eng serqatnov metro bekati bo‘lgan “Ostendshtrasse” bekati nomini vafot etgan musulmon qahramonning sharafiga  uning nomi bilan atashga qaror qildilar. Endi uning nomi "Alptug‘ Suzen / Ostendshtrasse" deb atalmoqda. Islom.ru saytining xabar berishicha, metro bekati nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi petitsiya 56 mingga yaqin imzo to‘plashga muvaffaq bo‘lgan va uni Frankfurt shahar hokimi Piter Feldman qoho‘llab-quvvatlagan. Ko‘pchilik 17 yoshli qahramonning xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlikning rasmiy ochilish marosimiga tashrif buyurdi. U yerda Turkiyadan kelgan yigitning otasi, uning qarindoshlari ham hozir bo‘lgan. Tadbirda, shuningdek, Alptug‘ning sinfdoshlari, do‘stlari va shahar aholisi, turli millat va dinlarning yosh vakillari ham qatnashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!