Mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga 2024 yilning birinchi choragi davomida fuqaro (iste’molchi)lardan jami 3 ming 372 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlarning 2 ming 286 tasi, ya’ni 85,6 foizi ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilar foydasiga jami 18,8 million 823 ming so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berildi.

Federasiya va uning hududiy ijro organlari tomonidan 9 ta holatda iste’molchilarning manfaatlarini ko‘zlab sud organlariga da’vo arizalari kiritildi. Mazkur arizalarning ijobiy hal etilishi natijasida 283,6 million so‘m moddiy va ma’naviy zararlar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Tahlillarga ko‘ra, iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning 33,3 foizi savdo, 14,3 foizi kommunal xizmat, 9,9 foizi elektr va 9,8 foizi gaz ta’minoti sohasiga tegishli bo‘lsa, qolgan qismi xizmat ko‘rsatish, suv ta’minoti, transport, aloqa va internet, sog‘liqni saqlash; va boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!