Astmani davolashning yangi usuli aniqlandi

Astmani davolashning yangi usuli aniqlandi

Astma keng tarqalgan kasallik bo‘lishiga qaramay, uning inson organizmida qanday boshlanishi noaniqligicha qolmoqda. Olimlar endi ushbu xastaliknining kelib chiqish sababini, eng muhimi, uning asosiy alomatlarini oldini olishga qaratilgan yangi davolash usulini aniqladilar.

🌐 JSST ma’lumotlariga ko‘ra, bugun butun dunyo bo‘ylab astmadan 262 million nafarga yaqin inson aziyat chekadi. Ammo uning keng tarqalishiga qaramay, hali ham olimlar uchun bu kasallik haqidagi ko‘p jihatlar tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Odatda unga yallig‘lanish xastaligi sifatida qaraladi: gulchang yoki chang kabi qo‘zg‘atuvchilar nafas yo‘llarini toraytiradigan va nafas olishni qiyinlashtiradigan yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Ingalyatorlar nafas yo‘llarini bo‘shashtirish va yallig‘lanishni kamaytirish orqali bu holatni yengillashtirishi mumkin.

🔷 Yangi tadqiqot esa kasallikning boshqa asosiy sababiga ishora qiladi. Ya’ni uning alomati yallig‘lanishning o‘zi ekaniga e’tibor qaratiladi. Nafas yo‘llarining mushaklari qisqarganda (bu bronxospazm deb ataladi), nafas yo‘llaridagi epitelial hujayralar “siqib chiqariladi” va keyinchalik nobud bo‘ladi. Ushbu hujayralarning kamayishi va to‘siq bo‘lib xizmat qilishi uchun ularning kam qismigina qolishi sababli kelajakda astma xurujlari ehtimoli ortadi.

“Jarayonlarni kuzatgan hujayra bo‘yicha biologlar sifatida astma xurujining jismoniy cheklovi nafas yo‘llari to‘sig‘ining keng miqyosdagi nobud bo‘lishiga olib kelishini ko‘rdik”, — deydi tadqiqotning yetakchi muallifi, professor Jodi Rozenblatt. — Ushbu to‘siqsiz astma bilan og‘rigan bemorlarda uzoq muddatli yallig‘lanish ko‘proq uchraydi. Bu esa ko‘proq xurujlarni keltirib chiqaradi. Ushbu asosiy mexanizmni tushunib, barcha hodisalarning oldini yaxshiroq olishimiz mumkin”.

📑 Jamoa sichqon modellarida olib borgan tadqiqotlari yaxshi natija berdi, eng muhimi, hujayralarni haddan tashqari siqib chiqarilishini oldini olishning potensial usuli topildi. Avval gadoliniylarning kimyoviy birikishi bu jarayonni bloklashi aniqlangan edi. Yangi tadqiqotda esa olimlar sichqonlarda astma xurujlari bilan bog‘liq hujayralar shikastlanishi va yallig‘lanishining oldini olish uchun ish berishini isbotladi.

“Hozirgi davolash usullari bu buzilishning oldini olmaydi — ingolyatorlar nafas olish uchun juda muhim bo‘lgan nafas yo‘llarini ochadi, ammo afsuski, biz ularning xurujdan keyingi zarar va alomatlarning oldini olmasligini aniqladik”, — dedi Rosenblatt.

📈 Olimlar sichqon modellarida nafas yo‘llarining shikastlanishini, shuningdek keyingi yallig‘lanish va shilliq sekresiyasini to‘xtatish uchun MRTda tez-tez qo‘llaniladigan arzon birikma — gadoliniydan foydalanish mumkinligini aniqladi. Ushbu zararlanishning profilaktikasi kelajakda xurujlarga olib keladigan mushaklarning o‘sishini oldini olishi mumkin.

🧪 Albatta, tadqiqot faqat sichqonlarda amalga oshirildi, shuning uchun bu natijalar insonlarda takrorlanishiga kafolat yo‘q. Ammo jamoaning ta’kidlashicha, yangi tadqiqot astmaning yangi davolash usullarini ishlab chiqishga (hozirgi usullar faqat uning simptomlarini davolashga qaratilgan) yordam beradi.

Tadqiqot “Science” jurnalida chop etildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!