Germaniyada maktab o‘qituvchilari yetishmayapti?!

Germaniyada maktab o‘qituvchilari yetishmayapti?!

Germaniyalik mutaxassislar ta’lim tizimiga oid xavotirli raqamlarni e’lon qilishdi: mamlakatda maktab o‘qituvchilarining jiddiy yetishmovchiligi kuzatilmoqda va bu ko‘rsatgichlar kelgusi yillarda yanada oshadi.

Tegishli xulosa Bertelsmann jamg‘armasi mutaxassislari tomonidan qabul qilindi. Bu haqida «n-tv» kanali xabar bermoqda.

Jamg‘arma tomonidan olib borilgan yangi tadqiqotga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab, ayniqsa, boshlang‘ich maktablarda 15,3 ming o‘qituvchilar yetishmaydi.

Germaniya Federal statistika byurosining demografik prognozlariga asoslanib, tadqiqotchilar 2025 yilga kelib 26 ming o‘qituvchi etishmovchiligini xulosa qilishdi (hozirgiga nisbatan 42 foiz ko‘p degani).

Ta’kidlanishicha, asosan, kam ta’minlangan oilalar farzandlari tahsil oladigan kunlik maktablar sonining ko‘payishi o‘qituvchilar sonini qo‘shimcha ravishda oshirishni talab qiladi.

Tadqiqot mualliflari o‘z tahlillarini «uyg‘onish uchun signal» deb atashmokda.

Eslatib o‘tamiz, bu ma’lumotlar Germaniya vasiylik organlari tomonidan taqdim etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!