Germaniya maktablarni ochish qaror qildi

Germaniya maktablarni ochish qaror qildi

Nemis hukumati koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlarni yumshatishni boshladi. 

Germaniyada maktablarni ochish va bolalarga darslarga qatnashga ruxsat bermoqchi. Shuningdek, ayrim sport muassasalari va madaniy tashkilotlar: ko‘rgazmalar, muzeylar, memoriallar, zoopark va botanika bog‘lariga ruxsat beriladi.

Kansler Angela Merkelning aytishicha, cheklovlarni olib tashlash masalasi 6 maydan ko‘rib chiqiladi.

Germaniyada o‘tgan hafta boshida karantin choralarini yumshatish boshlangandi. Ushbu mamlakat Covid-19’dan zararlanish holatlariga nisbatan o‘lim holatlari soni kamligi bo‘yicha G‘arbiy Yevropada eng ijobiy ko‘rsatkich qayd etmoqda. Germaniyada pandemiya boshlanganidan buyon 162 123 kishida virus aniqlangan va 6228 kishi vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!