Germaniya COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekistonga 2 mln yevro ajratdi

Germaniya COVID-19ga qarshi kurashda O‘zbekistonga 2 mln yevro ajratdi

Germaniya hukumati O‘zbekiston Respublikasi uchun pandemiyaga qarshi kurashda qo‘shimcha 2 mln yevro ajratdi. Bu haqda Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.

«Ko‘mak turlari va chora-tadbirlari ikki davlat o‘rtasida muhokama qilinmoqda», – deya qayd etilgan elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda rasmiy Berlin Markaziy Osiyoning O‘zbekistondan boshqa davlatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘mak ajratishni to‘xtatishi ma’lum bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!