«Gazprom» O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqchi

«Gazprom» O‘zbekistonda vakolatxonasini ochmoqchi

Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi direktorlar kengashi O‘zbekistonda vakolatxona ochish masalasini ko‘rib chiqadi. Mazkur masala 6 may kuni kengashda ovozga qo‘yiladi, deb xabar berdi Interfax.

Hozirgi vaqtda «Gazprom» Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan Turkmaniston va Qozog‘istonda vakolatxonaga ega.

«O‘zGaztreyd» AJ va «Gazprom Eksport» MCHJ o‘rtasidagi ikki yillik kelishuvga ko‘ra, kuniga 9 million kub.m., yiliga qariyb 2,8 milliard kub.m. tabiiy gaz eksport hajmi ko‘zda tutilgan.

2024 yil yozida Qozog‘iston, shuningdek, O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan o‘rta muddatli 15 yillik gaz yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!