G‘arb butun Rossiya dunyosiga qarshi urush e’lon qildi — Lavrov

G‘arb butun Rossiya dunyosiga qarshi urush e’lon qildi — Lavrov

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ishonchi komilki, G‘arb davlatlari Rossiyaga va butun rus dunyosiga “to‘liq urush” e’lon qilgan. Bu haqda u bugun Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi sub’ektlar rahbarlari kengashi yig‘ilishida ma’lum qildi.

“G‘arb bizga qarshi total urush e’lon qildi, butun Rossiya dunyosiga to‘liq urush e’lon qildi va hozir buni hech kim yashirmayapti”, — deya Lavrovdan iqtibos keltiradi TASS.

Bundan tashqari, uning fikricha, G‘arb davlatlari sobiq SSSR xalqlarini urishtirishga urinishda davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!