Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. O‘zbekiston Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi. O‘zbekiston Iroqni yirik hisobda mag‘lub etdi

Tailandda davom etayotgan futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 2-turida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi parketga chiqdi.

O‘yinda to‘liq ustunlik namoyish etgan vakillarimiz yirik 4:1 hisobida g‘alabaga erishdi. Bizdan gollarni Akbar Usmonov, Mashrab Odilov, Elbek To‘lqinov hamda Sunnatulla Jo‘rayev kiritgan bo‘lsa, raqibning yagona goliga Majid Al-Ogaili kiritdi.

3-turda vakillarimizga Saudiya Arabistoni raqiblik qiladi.

Iroq 1:4 O‘zbekiston

Gollar: Majid Al-Ogaili 38 — Akbar Usmonov 11, Mashrab Odilov 16, Elbek To‘lqinov 26 Sunnatulla Jo‘rayev 28


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!