Fuqarolarga qulay shartlar asosida avtokreditlar berishni va’da qilgan MCHJning kirdikorlari fosh etildi

Fuqarolarga qulay shartlar asosida avtokreditlar berishni va’da qilgan MCHJning kirdikorlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.S., N.J. va boshqalar oldindan til biriktirib, firibgarlik yo‘li bilan o‘zgalar mulkini qo‘lga kiritish va noqonuniy daromad orttirish maqsadida, “Y.N.” MCHJni tashkil etib, Guliston shahrida ijaraga olingan binoda mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi ofis sifatida foydalanib, fuqarolarni foizlari yuqori bo‘lmagan va qulay shartlar asosida qisqa muddatda avtokredit ajratib berishga qiziqtirib, 34 nafar fuqaroning jami 425,8 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!