Fransiyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishi bekor qilinishi mumkin

Fransiyada yoqilg‘i narxining ko‘tarilishi bekor qilinishi mumkin

Agar fransuz hukumati kasaba uyushmalari, deputatlar va jamoatchilik bilan maslahatlashuvlar natijasida mavjud vaziyatga maqbul yechim topilmasa, yoqilg‘iga solig‘ini oshirish rejalarini bekor qiladi. Bu haqda Fransiyaning Milliy majlisida (Fransiya parlamenti quyi palatasi) so‘zga chiqqan Fransiya bosh vaziri Edouar Filipp bayonot berdi, deya yozadi Anadolu.

Unga ko‘ra, respublika hukumati olti oy davomida yoqilg‘i va elektr energiyasining bahosini oshirishni to‘xtatishga qaror qildi. Bosh vazir bu masalani muhokama qilish va muammoni hal qilishning eng adolatli yo‘lini aniqlash maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi.

"Agar biz maqbul yechim topmasak, biz ushbu soliqlarni qo‘llashdan bosh tortamiz", dedi Fransiya hukumati rahbari.

Biroq, Bosh vazir ko‘chalarda ommaviy tartibsizliklar va zo‘ravonliklarning qabul qilinmasligini ta’kidlab, qonunni buzganlarni hibsga olinishi va javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Fransiyada 17 noyabrdan boshlab yoqilg‘i narxining o‘sishi bilan bog‘liq ommaviy noroziliklar davom etmoqda. Namoyishchilar sariq rangli nur qaytaruvchi reflektor jeletlarini kiyib olishgan.

Ommaviy tartibsizliklar natijasida hozirgacha ikki kishi halok bo‘ldi, 1043 kishi tan jarohati oldi. Yaralanganlar orasida 222 nafar xavfsizlik kuchlari xodimlari bor. Namoyishlar davomida 1424 kishi qo‘lga olindi.

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!