Fransiyada 300 kg vaznli erkak kran yordamida uydan olib chiqildi

Fransiyada 300 kg vaznli erkak kran yordamida uydan olib chiqildi

Fransiya janubidagi Perpinyan shahrida qutqaruvchilar qurilish krani yordamida kvartiradan 300 kilogramm vaznli erkakni olib chiqishdi.

Bu haqda "France3 Occitanie" telekanaliga tayanib "sputniknews-uz.com" xabar berdi.

Oktyabr oyi oxirida, ortiqcha vaznga ega bo‘lgan fuqaro bir yildan buyon o‘z xonadonidan chiqa olmayotgani, uning advokati ichki ishlar vaziri Jerald Darmanenga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi. Alen ismli kishi 2019 yil iyulidan beri shahar meriyasidan yordam kutmoqda. O‘sha vaqtda erkak yiqilib, tos suyagini sindirib olgan.

Seshanba kuni qutqaruv operasiyasiga 50 ga yaqin odam - polisiya xodimlari, o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar va shahar meriyasi vakillari jalb qilindi. Alenning uyi tor ko‘chada joylashgani tufayli operasiya murakkablashdi. Fasadni qisman olib tashlashi evaziga kvartiraning derazasi kengaytirildi. Uyda istiqomat qiluvchilar vaqtincha evakuasiya qilindi.

Derazagacha ko‘tarilgan kran yordamida Alen maxsus konteynerga joylashtirildi. Yerda esa konteyner tez yordam mashinasiga o‘tkazildi. Erkak Monpelyedagi kasalxonaga olib kelindi.

Tibbiy ko‘rik va kerakli davolanishdan so‘ng Alen ortiqcha vaznga ega odamlar uchun Tuluzadagi ixtisoslashtirilgan markazga joylashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!