Filippinda maymun chechagi yuqtirishning birinchi holati aniqlandi

Filippinda maymun chechagi yuqtirishning birinchi holati aniqlandi

Filippinda o‘tgan yilning dekabr oyidan buyon mamlakatda birinchi marta mpox virusini (maymun chechagi) yuqtirishning yangi holati qayd etildi, deya xabar beradi Reuters.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bemor 33 yoshli filippinlik bo‘lib, u Filippindan tashqariga chiqmagan.

"Biz sekvenir natijalarini kutmoqdamiz va ular mavjud bo‘lishi bilanoq xabar beramiz", - dedi vazirlik vakili Albert Domingo shtamm haqida so‘ralganda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Kongo Demokratik Respublikasida avj olgani va kasallik qo‘shni davlatlarga tarqalishi ortidan ikki yil ichida ikkinchi marta maymun chechagini global favqulodda holat deb e’lon qildi.

Afrikadan tashqarida yangi, yanada yuqumli mpox shtammining birinchi holati Shvesiyada qayd etilgan. Bemor Afrikaga tashrif buyurganidan keyin yuqtirgan. Shvesiya rasmiylari bemorga kerakli muolajalar o‘tkazilgani va kuzatuv ostida ekanligini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!