Filippin va Xitoy kemalari Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda to‘qnashdi

Filippin va Xitoy kemalari Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududda to‘qnashdi

Xitoy qirg‘oqni qo‘riqlash xizmati vakili Gen Yuy "Filippin kemasi Xitoy o‘zining hududiy suvlari deb hisoblagan hududga noqonuniy kirganini va natijada Xitoy kemasi bilan qasddan to‘qnashganini" bildirdi. Gen filippinliklarni "provokasiyalarni zudlik bilan to‘xtatishga" chaqirdi.

O‘z navbatida, Filippin Xavfsizlik kengashi vakili Jonatan Malayya o‘z mamlakatining Janubiy Xitoy dengizidagi "o‘z huquqlarini himoya qilish harakati" provokasion emasligini aytdi.

To‘qnashuv sodir bo‘lgan Janubiy Xitoy dengizining bu qismiga Xitoy, Filippin, Tayvan va Vetnam da’vo qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!