FIFA qizlarning nomusiga tekkan Haiti futbol federasiyasi prezidentini futboldan umrbod chetlatdi

FIFA qizlarning nomusiga tekkan Haiti futbol federasiyasi prezidentini futboldan umrbod chetlatdi

Haiti futbol federasiyasi (FHF) prezidenti Iv Jan-Bart FIFA tomonidan futboldagi istalgan faoliyatdan umrbod chetlatildi, deya xabar bermoqda xalqaro futbol federasiyasi rasmiy sayti.

Haiti futbol futbol federasiyasi rahbari ayollar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida ishtirok etadigan mahalliy futbol klublaridagi bir necha nafar qizlarning nomusiga tekkanlikda ayblanmoqda.

Qayd etilishicha, Iv Jan-Bart ayollar futbol klubidagi voyaga yetmagan qizlarga nisbatan ham jinsiy zo‘ravonlik ishlatgan. Hozirda qo‘lga olingan rahbar FIFA tomonidan futboldan umrbod chetlatish bilan birga 1 million Shveysariya franki miqdoridagi jarimaga tortilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!