FHDYo dalolatnomasiz nikoh o‘qigan “mulla” jazolandi

FHDYo dalolatnomasiz nikoh o‘qigan “mulla” jazolandi

Bugungi kunda turmush qurgan yoshlar orasida hayotni yengil-elpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib yetmaslik holatlari, afsuski, uchrab turibdi. "Ba’zan hayotda "ZAGS", ya’ni, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan o‘tmasdan turib, pul evaziga yashirincha shar’iy nikoh o‘qitish, xotin ustiga xotin olish holatlari ham, ming afsuski, uchrab turibdi.

Fuqaro A.Ablayeva o‘z arizasida oilaviy ajrim yoqasida turgan qizi B.Boltayeva xozirgi kunda turmush o‘rtog‘i S.Sanakulov bilan kelishmovchiliklari sababli, uch nafar farzandi bilan aloxida yashayotganligini, S.Sanakulov xozirda noqonuniy ravishda boshqa bir ayolga o‘ylanganligini, Qiziltepa tumanida yashovchi fuqaro U.Safarov diniy marosimlar o‘tqazish qoidasini qo‘pol ravishda buzganligini, qonuniy nigoxdan o‘tganlik guvoxnomasini tekshirmasdan fuqaro S.Sanakulov va M.Ro‘ziyevaning sha’riy nikoxlarini o‘qiganligini, buning uchun 100.000 ming so‘m pul olganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida U.Safarovning diniy marosimlar o‘tqazish qoidasini qo‘pol ravishda buzganligi, Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatni ko‘rmasdan nikoh o‘qiganligi ma’lum bo‘ldi. U.Safarov O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 201-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima tayinlandi.

Bir paytlar hayotning o‘zi rad etgan kundoshlik, qo‘shxotinlik balosi qanday xunuk oqibatlarga olib kelishi barchamizni tashvishga solishi kerak. Atoqli adibimiz Abdulla Qodiriy “O‘tkan kunlar” romanida kundoshlik tufayli butun bir oila boshiga tushgan fojialarni juda ta’sirchan tasvirlab bergani nahotki saboq bo‘lmagan bo‘lsa?

Eng yomoni, bunday bolalar ruhan majruh bo‘lib, turli ma’naviy nuqsonlar bilan voyaga yetadi. Ular o‘zini jamiyatning to‘laqonli a’zosi deb his etolmaydi.

Imom-xatiblar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatni ko‘rmasdan turib, turli boyvachchalarga shar’iy nikoh o‘qib berayotganligi mana shunday oilalarga qanday baxtsizlik, jamiyatga qanday katta muammo olib kelayotgani bilishmasa!!!!

A.Avezov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziltepa tuman sudi raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!