«Fatzorb» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining savdosi aniqlandi

«Fatzorb» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasining savdosi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “V.D3” MCHJga qarashli dorixona shoxobchasi mudiri N.X. hech qanday hujjatsiz 20 dona «GABANERV» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini fuqaro M.Q.ga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan jami 677 dona dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. fuqaro D.B.ga 5 quti «Fatzorb» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, undan 23 quti dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departament hamda DXXning Uchquduq tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro U.D. «Navoiy» MFY hududidagi savdo do‘konida fuqaro M.X.ga 3 quti «Reduksin laym» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 4,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 409 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabarida ta’kidlanishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!