Farg‘onada tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘onada tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani, Poloson qishlog‘ida chaqiruvga borgan tez tibbiy yordam shifokorini kaltaklagan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Daryo» muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

3 avgust kuni Oltiariq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Poloson shaharchasidagi tez tibbiy yordam brigadasi shifokori Shuhrat Sirojiddinov chaqiruvga borgan vaqtidakaltaklangan edi.

4 avgust kuni yuz bergan voqea yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi tezkor o‘rganish ishlarini olib borganini ma’lum qildi. Vazirlik axborotiga ko‘ra, 3 avgust kuni soat Poloson qishlog‘i, Mozortagi ko‘chasi, 50-uydan kelib tushgan murojaat bo‘yicha chaqiruvga borgan navbatchi vrach SH.Sirojiddinov tez tibbiy yordam mashinasidan tushib bemorni ko‘rish uchun shoshib kirib ketayotgan paytida bemorning nabirasi shifokorni haqorat qilib, besabab do‘pposlagan. Vrach SH.Sirojiddinov bosh va qulog‘i aralash bexosdan tushgan kuchli zarbadan og‘ir miya jarohati olishi hisobiga hushidan ketib yiqilgan.

SH.Sirojiddinov Oltiariq tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordami bo‘limiga «Og‘ir miya jarohati, bosh miya chayqalishi, chap quloq suprasi atrofi yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi, chap quloq pardasining yirtilishi» tashxisi bilan og‘ir ahvolda yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur holat yuzasidan qonuniy chora ko‘rish uchun Farg‘ona viloyat huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilingani qayd etilgan edi.

Viloyat IIB matbuot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra,  mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani, Poloson qishlog‘i, Mozortagi ko‘chasi, 50-uyda istiqomat qiluvchi, 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!