Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz imtihonsiz o‘qishga qabul qilindi

Farg‘onada prezident bilan uchrashgan qiz imtihonsiz o‘qishga qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyev 11 iyul kuni Farg‘ona shahrida qurilayotgan Yangi O‘zbekiston massiviga borgandi. Mahalliy aholi bilan uchrashuv vaqtida Mirziyoyev Madina Soliyeva ismli qiz bilan gaplashgan. Qiz unga Jahon tillari universitetida o‘qimoqchi ekanini aytgan.

Voqeadan keyin, 12 iyulda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalr vazirligi vakillari va Jahon tillari rektori Ilhomjon To‘xtasinov Madinaning oldiga borib, unga grant asosida filologiya va til o‘qitish: rus tili yo‘nalishi bo‘yicha universitetga o‘qishga kirgani to‘g‘risidagi guvohnomani topshirdi.

Sertifikatda vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipov va universitet rahbari To‘xtasinovning imzosi bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!