Farg‘onada ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Farg‘onada ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, soat 15:45 daqiqa o‘tganda Marg‘ilon shahar FVB qism dispetcherlik xizmatiga Marg‘ilon shahar Chilonzor MFY Tinchlik ko‘chasi 157-ko‘p qavatli uyning yerto‘la qismida yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga soat 15: 50 daqiqa o‘tganda yetib borgan. Soat 15:51 daqiqa o‘tganda yong‘in qurshab olingan va soat 15:53 daqiqa o‘tganda yong‘in bartaraf qilingan.

Yong‘in natijasida ko‘p qavatli uyning 1-podezdi tutun bilan to‘lgan va shu podezda joylashgan xonadonlarda yashovchi 1956 yilda tug‘ilgan Murotova Mavludaxon, 1930 yilda tug‘ilgan Ismoilova Qoriyaxon, 1999 yilda tug‘ilgan Xalilova Gulirano va 2000 yilda tug‘ilgan Mavlonova Gulbahorlar 7-YOQQ qutqaruvchilari tomonidan xavfsiz hududga olib chiqilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!