Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

24 noyabr kuni Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, o‘sha kuni 08:30 larda tumani prokuraturasiga «O‘rta Qo‘ng‘irot» MFY, Qo‘ruvchilar ko‘chasida istiqomat qilgan fuqaro A.A. va uning turmush o‘rtog‘i U.N. is gazidan zaharlanib, vafot etganliklari haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘inga qarshi kurash jamiyati tuman hududiy bo‘limi texnik xavfsizligi muhandisining xulosasiga ko‘ra, mazkur isitish moslamasi yoqilgan holda bo‘lgan, uning dud buroni nostandart holatda tashqariga chiqarilganligi natijasida gaz to‘liq yonmasdan, is gazi nazoratsiz holatda xona ichkarisiga tarqalishiga sababchi bo‘lgan.

«Kun.uz» nashrining yozishicha, vafot etganlar 3 kunlik yosh kelin-kuyov bo‘lgan. Xususan, 1999 yilda tug‘ilgan kuyov A.A. hamda 2005 yilda tug‘ilgan kelin N.U. bir-biriga qarindosh bo‘lgan. Kuyov A.A. pechka yasab sotadigan usta bo‘lgani uchun 21 noyabr kuni o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgan. Ertalab o‘g‘li chiqavermaganidan shubhalangan ota uyga kirib mudhish hodisa guvohi bo‘lgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, fuqarolar A.A. va U.N.ning o‘limi is gazidan o‘tkir zaharlanish oqibatida yuzaga kelganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!