Evropa o‘rtasidagi tan olinmagan musulmon davlati. Dunyoni qutblashtirgan Kosovo mojarosi

A A A
Evropa o‘rtasidagi tan olinmagan musulmon davlati. Dunyoni qutblashtirgan Kosovo mojarosi

Sovet Ittifoqi parchalangach, Bolqon yarimorolida siyosiy taranglik yanada jiddiylashdi. Kosovo mojarosi ham aynan shunday etnik nizolardan biri sifatida tarixda qoldi. «Daryo» kolumnisti Jahongir Ergashev an’anaviy tarix ruknida shu haqda hikoya qiladi.

Bolqon yarimoroli mamlakatlarida Yugoslaviyaning parchalanishi xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarga ham ta’sir qildi. Yangi etnik mojarolarning ildiz otishi uchun sharoit yaratdi.

Kosovo – Bolqon yarimorolidagi hudud. Poytaxti – Prishtina shahri. Hozirda uning mustaqilligi qisman tan olingan bo‘lib, davlat tili sifatida alban va serb tilidan foydalaniladi. Respublika ikki qism – Kosovo va Metoxiyadan iborat. Kosovo serbchada «qora maynalar o‘lkasi» ma’nosini beradi. Metoxiya esa yunonchada «cherkov mulki» deganidir.

Kosovo: tabiiy geografik o‘rni

Kosovo Bolqon yarimorolining markazida joylashgan. Umumiy maydoni 10 887 kvadrat metrni tashkil qiladi. Hududi, asosan, tog‘li bo‘lib, Albaniya, Chernogoriya, Makedoniya va Serbiya bilan chegaradosh.

Kosovoning qisqacha tarixi

Qadimda Kosovo hududida illir qabilalari istiqomat qilgan. VI asrdan bu yerga slavyanlar kela boshladi. Ular romanlashgan mahalliy aholini dengiz bo‘yidagi shaharlarga, valaxlarni esa tog‘larga siqib chiqardi. IX asrga kelib, kosovoliklar xristian dinini qabul qildi.

IX–XII asrlar mobaynida Vizantiya, Bolgariya va ikki serb knyazligi – Rashka va Dukley Kosovoni o‘z tasarrufiga olish uchun jang olib bordi. XII asr oxirida serb qiroli Stefan Neman Kosovoni o‘z qirolligiga qo‘shib oldi. Kosovo Serb qirolligining markaziy hududlaridan biri sifatida iqtisodiy jihatdan rivojlandi. Ammo qirol Stefan Dushan vafotidan so‘ng feodal tarqoqlik iqtisodiyotni tanazzulga olib keldi.

1389 yilda serb Lazar Kosovo maydonida mag‘lubiyatga uchragach, mamlakat Usmonli saltanati tarkibiga kirdi. Kosovo hududida aholi migrasiyasi boshlangach, demografik tanglik vujudga keldi. Nasroniylik diniga e’tiqod qiluvchilar turk istibdodida yashashni istamay, hududni tark etdi. Bo‘shab qolgan yerlarga musulmon albanlar ko‘chirildi. Natijada Kosovoda musulmon alban millati ulushi 50 foizni tashkil etdi. Bu esa kelajakdagi alban–serb nizosiga sabab bo‘ladigan omil edi.

1912–1913 yillardagi Bolqon urushi natijasida Kosovoning bir qismi Serbiyaga, yana bir kichik qismi esa Chernogoriya tarkibiga o‘tdi. Shu vaqtda Albaniya davlati ham tashkil etildi.

Kosovodagi etnik migrasiyalar

Kosovoning slavyan davlatlari tarkibiga kirishi natijasida serb hukumati slavyan elatining ko‘chib kelishini rag‘batlantirdi. Ularning ommaviy ko‘chishi Kosovoda alban millati ulushi qisqarishiga olib keldi.

Birinchi jahon urushi vaqtida 1915 yili Avstro-Vengriya imperiyasi Kosovoni egallab oldi. Albaniya hukumati esa Avstro-Vengriya imperiyasini qo‘llab-quvvatlagan holda Kosovoda o‘z ta’sir doirasini yoyishga urinadi. Ammo Birinchi jahon urushida Uchlar Ittifoqi mag‘lubiyatga uchradi va Kosovo yangi tashkil topgan Yugoslaviya tarkibiga qo‘shib berildi. Yugoslaviya tarkibida Kosovodagi ijtimoiy vaziyat muammosi kelajakda hal qilinadigan muammo sifatida qolaverdi. Albanlar o‘sha kezlarda Albaniya tarkibiga qo‘shilish uchun partizanlik harakati olib bordi. Yugoslaviya hukumati esa serblarning Kosovoga ko‘chirilishi uchun rag‘bat beradigan siyosat yuritdi.

Ikkinchi jahon urushi davri

Ikkinchi jahon urushi davrida Kosovo Italiya protektorati – homiyligi o‘rnatilgan Albaniyaga bo‘ysundirildi. Alban hukumati yana serblarni ommaviy ravishda Kosovodan haydab chiqarish, badarg‘a qilish siyosatini boshlab yubordi. Fashistik Albaniya hukumati siyosati natijasida 40–50 mingga yaqin serblar repressiya qilindi va 100 minglab serblar Kosovodan qochishga majbur bo‘ldi.

1944 yilda o‘lka Kosovo partizanlari harakati natijasida Italiyadan mustaqil bo‘ldi va yana Yugoslaviya tarkibiga o‘tdi. Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi konstitusiyasiga muvofiq Kosovo va Metoxiya muxtor hududi tashkil etildi. Yugoslaviyaning Broz Tito rahbarligidagi avtoritar hukumati Kosovoga albanlarning ko‘chib kelishini rag‘batlantirdi va serblarga nisbatan diskriminasiyaga asoslangan siyosat yuritdi.

Kosovo, asosan, dotasiyalar evaziga kun ko‘radigan hudud bo‘lib, aholisi qashshoq, infratuzilma rivojlanmagan hudud sifatida qolaverdi. Aslida, statistik ma’lumotlarda past ko‘rsatgichga ega bo‘lgan Kosovo iqtisodiy jihatdan barqaror edi. Shu sababli Albaniyadagi albanlar o‘z turmush sharoitlarini yaxshilash istagida Kosovoga ommaviy ravishda ko‘chib keldi. Albanlar migrasiyasi kuchaya boshlagani sabab ular serb jamoasini mintaqadan siqib chiqardi. Serb-alban kelishmovchiligi esa yanada ildiz otdi. Mavjud hukumat esa haligacha bu etnik nizoning sabablarini o‘rganmadi, oldini olishga harakat qilmadi.

Slobodan Miloshevich hokimiyati va serb-alban etnik nizosining kuchayishi

1987 yilning aprel oyida Slobodan Miloshevich Serbiya kommunistik partiyasining raisi sifatida Kosovoga tashrif  buyurdi. Tashrif davomida serblar va albanlar o‘rtasida nizo kelib chiqdi. Miloshevich serblarga qarata bundan keyin «serb millatini hech kim xafa qilolmaydi» degan nutq o‘qidi. Miloshevich ham serb, ham alban millatchiligini tanqid qilgan bo‘lsada, Kosovodagi serblar bu nutqdan ilhomlanib harbiy tuzilmalar tuzdi. Bu esa ikki millat o‘rtasidagi  etnik nizoni yanada keskinlashtirdi.

1989 yilda o‘tkazilgan referendum natijasida muxtor o‘lkalarning huquqlari yanada qisqartirildi. Kosovolik albanlar referendum natijalarini boykot qilishdi. Ularning nazarida referendum kosovolik albanlarning huquqlarini oyoqosti qilaganligi edi. Sababi referendum natijasida Kosovoda alban tilida olib boriladigan tele va radio uzatmalari to‘xtatilgan, alban  tilida ta’lim olish bekor qilingan edi.  Mazkur voqealar esa Kosovoda ommaviy ravishda ish tashlashlari milliy to‘qnashuvlarga olib keldi. Yugoslaviya hukumati nizolarning oldini olish uchun mintaqada favqulodda holat e’lon qildi, ammo alban ayirmachi guruhlarining harakatlari kuchayishini oldini ololmadi.

Mustaqillikning e’lon qilinishi

1991 yilning 22 sentyabrida Kosovodagi alban vatandoshlari referendum o‘tkazishdi va mustaqil Kosovo respublikasi tashkil etilganini e’lon qildi. Shu kunda prezidentlik saylovi o‘tkazildi va Ibrohim Rugov mustaqil Kosovo davlati prezidenti etib saylandi. Oradan bir oy o‘tib Albaniya Kosovo davlatining mustaqilligini tan oldi. Kosovoda qurolli kuchlar guruhi birlashtirilib, ozodlik armiyasi tashkil etildi. Natijada serblarga qarshi repressiyalar avj oldi.

Dastlab Kosovodagi ayirmachilarga qarshi serb partizanlari harakat qilgan bo‘lsa, keyinchalik bu harakatga Yugoslaviya armiyasi ham qo‘shildi. Nizo mahalliy muammodan, global muammoga aylana boshladi. 1999 yilda NATO harbiy tashkiloti harbiylari Kosovodagi voqelarga aralashdi. Yugoslaviya shaharlari va harbiy ob’ektlari NATO qo‘shinlari tarafidan havo hujumiga tutildi. Hujumlar oqibatida yarim millionga yaqin aholi, asosan, albanlar boshpanasiz qoldi.

Bundan tashqari, albanlarning ko‘plab tarixiy qadamjolari Kosovodagi urush natijasida vayron bo‘ldi. NATOning mahalliy nizolarga aralashuvi natijasida Yugoslaviya hukumati to‘la boshqaruvini BMTga berishga majbur bo‘ldi. BMT Kosovoda o‘z boshqaruvini o‘rnatgandan keyin, mintaqadagi millati, asosan, serb va lo‘li bo‘lgan 277 ming  aholi Serbiyadan boshpana so‘radi.

Hozirgi ahvol

2004 yil 23 oktyabrda Kosovoda BMT nazorati ostida saylov o‘tkazildi. Muvaqqat saylovlar natijasida Ibrohim Rugov prezident etib saylandi. Kosovodagi uchta partiyadan faqat serblar partiyasi saylov natijlarini tan olmadi. Natijada Kosovoda yana qurolli to‘qnashuv yuz berdi. To‘qnashuvlar oqibatida 4 mingdan ortiq serblar qochqinlikka yuz tutdi, serblarning Kosovodagi cherkovlari vayron qilindi.

BMT muvaqqat hukumati asta-sekinlik bilan boshqaruvni Kosovo hukumatiga topshirdi. 2008 yilda o‘tkazilgan saylovlarda Hoshim Tachi prezident etib saylandi va hozirgacha mamlakatni boshqarib kelmoqda.

Kosovo masalasida hozirga qadar AQSh boshchiligidagi G‘arb va Rossiya boshchiligidagi BRIKS mamlakatlari bir qator sammitlar uyushtirdi. 2010 yilda Gaagadagi xalqaro sud Kosovoning mustaqil davlat ekani haqida qaror qabul qildi.  Shunday bo‘lsada, Kosovo masalasida bir to‘xtamga kelingani yo‘q. Hozirga qadar BMTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarning 93 tasigina Kosovoni mustaqil davlat sifatida tan oldi.

AQSh boshchiligidagi G‘arb Kosovoning mustaqilligini tan olgan bo‘lsa, Rossiya, Xitoy va BRIKS mamlakatlari buni tan olmayapti. Serbiya hukumati ham shu yo‘lni tutmoqda.

Kosovoda uyushgan jinoyatchilik, odam savdosi, korrupsiya kuchayib kelmoqda. Serblar esa Kosovoni tark etishni davom ettirmoqda. Serb va alban millatchilaring  adovati tufayli ko‘plab begunoh insonlar qiyin vaziyatni boshidan kechiryapti.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.