Evropa mamlakatlari orasida eng qisqa sog‘lom hayot davomiyligiga ega davlat ma’lum qilindi

Evropa mamlakatlari orasida eng qisqa sog‘lom hayot davomiyligiga ega davlat ma’lum qilindi

Evropa mamlakatlari orasida Ukraina eng qisqa sog‘lom hayot davomiyligiga ega.

Bu haqda Lancet tibbiyot jurnalida chop etilgan tadqiqot xulosasida ma’lum qilindi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ayni paytda umr ko‘rish davomiyligi atigi 61,7 yosh hisoblanuvchi Ukrainada 2019 yilda umr ko‘rish davomiyligi (sog‘lom va nosog‘lom bo‘lishidan qat’i nazar) 73,8 yosh (ayollar uchun 78,3, erkaklar uchun 69 yosh)ni tashkil etgan.

Jahon bo‘yicha o‘rtacha sog‘lom hayot davomiyligi 63,5 yoshni tashkil etishini qayd etgan mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari orasida Islandiya (71,9 yil) eng uzoq sog‘lom hayot davomiyligiga ega.

Sharqiy Yevropada esa o‘rtacha sog‘lom hayot davomiyligi 62 yoshni tashkil etadi. Shu qatorda Rossiyada ushbu ko‘rsatkich 63,7, Belorussiyada 65, Gruziyada 64,4, Ozarbayjonda 63, Qozog‘istonda 63,1, Qirg‘izistonda 64,9, Tojikistonda 61,8, Turkmanistonda 62,7, Armanistonda 66,6, yurtimizda esa 60,9 yoshga tengdir.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida mutaxassislar 204 mamlakat hamda hududlar, shuningdek, 1950 yildan 2019 yilgacha tanlab olingan submilliy mintaqalardagi tug‘ilish, o‘lim, migrasiya va aholi ko‘rsatkichlarini tahlil qilishgan.

 

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!