Evrokomissiya Kiyevga 1,5 milliard yevro miqdoridagi yordamning navbatdagi transhi o‘tkazdi

Evrokomissiya Kiyevga 1,5 milliard yevro miqdoridagi yordamning navbatdagi transhi o‘tkazdi

Evrokomissiya 2027 yilgacha umumiy hajmi 50 milliard yevro bo‘lgan dastur doirasida Ukrainaga 1,5 milliard yevro miqdoridagi budjet yordamining navbatdagi transhini o‘tkazdi. Bu haqda Yevrokomissiya ma’lumotlarida ma’lum qilindi, deb yozadi TASS.

«Evropa komissiyasi Ukrainaga fond doirasida 1,5 milliard yevro miqdoridagi favqulodda moliyalashtirishning ikkinchi transhini o‘tkazdi», — deyiladi xabarda.

2024 yilning dastlabki uch oyi uchun 4,5 milliard yevrolik birinchi transh mart oyida to‘langani ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, yangi transh o‘tkazilgandan so‘ng YEIdan Kiyevga ko‘rsatilgan yordamning umumiy miqdori uning hisob-kitoblariga ko‘ra 98,5 milliard dollargacha oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!