Eron janubi-sharqida dron hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Eron janubi-sharqida dron hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Eron janubi-sharqidagi Sistan-Balujiston viloyatida xavfsizlik kuchlari tomonidan uyushtirilgan uchuvchisiz havo hujumi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

IRNA xabariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari Shuru hududida «terror tashkiloti» a’zolariga tegishli avtomobilga hujum qilgan.

Hujum natijasida agentlik «terrorchi» deb ta’riflagan ikki kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar qaysi terrorchi tashkilotga tegishli ekanligi ma’lum qilinmagan.

Pokiston bilan chegaradagi Sistan-Baluchiston viloyati «Jaishul Adl» nomli tashkilot hujumlariga sahna bo‘ldi. Tashkilot vaqti-vaqti bilan qurolli va bombali hujumlar uyushtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!