Erning 4K formatdagi ilk tasviri olindi

Erning 4K formatdagi ilk tasviri olindi

Rossiyaning “Energiya” kompaniyasi tomonidan Misr uchun ishlab chiqilgan EgyptSat-A sun’iy yo‘ldoshi sayyoramiz sirtining o‘ta yuqori aniqlikdagi 4K formatdagi ilk tasvirini oldi. Sun’iy yo‘ldoshda o‘rnatilgan videotizim Sen britan kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Tizim 6 ta videokamera, ularni boshqaruvchi va videoni qayta ishlovchi kompyuterdan iborat.

Sen kompaniyasi saytida e’lon qilingan videoda O‘rtayer dengizi va Qizil dengizni ko‘rish mumkin.

Hozirda EgyptSat-A sun’iy yo‘ldoshi rossiyalik mutaxassislar boshqaruvi ostida parvoz sinovlaridan o‘tkazilmoqda. Shundan keyin u Misrga topshiriladi.

Manba: oxo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!