Erga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid yaqinlashib kelmoqda: Ular qanchalik xavfli?

Erga bir vaqtning o‘zida ikkita katta asteroid yaqinlashib kelmoqda: Ular qanchalik xavfli?

14 sentyabr kuni Yerga birdaniga ikkita katta asteroid yaqinlashadi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Asteroidlardan biri 2000QW7᾽ning diametri 290 metrdan 650 metrgacha teng. U  Moskvadagi Ostankino teleminorasidan (540  metr) ham balandroq.

NASA’ning ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu asteroid 5,3 million kilometr uzoqlikda sayyoraga yoniga uchib keladi.

Xuddi shu kuni Yerga diametri 120 metrdan 260 metrgacha bo‘lgan 2010CO1 asteroid ham taxminan xuddi o‘sha masofada yaqinlashadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yerga o‘z o‘lchami bilan Xeops ehromini ortda qoldiruvchi “xavf tug‘dirishi ehtimoli bo‘lgan” asteroid yaqinlashishi xabar qilingan edi. Asteroid sayyoramiz yonidan bir million kilometrga yaqin masofada to‘qnashmasdan uchib o‘tib ketadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!