Erdog‘an: "Butun dunyo Isroilni qo‘llasa ham, biz Falastinni himoya qilamiz"

Erdog‘an: "Butun dunyo Isroilni qo‘llasa ham, biz Falastinni himoya qilamiz"

 

Turkiya Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjonni qanday qo‘llab-quvvatlasa, Quddusdagi falastinliklarni ham xuddi shunday qat’iyat bilan qo‘llab-quvvatlay  boshlaydi,  dedi Turkiya prezidenti Toyyib Erdog‘an juma kuni.

"Biz terrorchi Isroil davlatining qilig‘idan  g‘azablandik.  Isroil  barcha  chegaralarni  kesib  o‘tdi.  Biz  zulmga  qarshi  harakat  qilishni  boshlaymiz.  Biz Falastin shaharlari va Quddusni qat’iyat bilan himoya qilamiz", dedi Erdog‘an Qurbon hayiti boshlanishi munosabati bilan televizion murojaatida.

Unga ko‘ra, u 19 mamlakat prezidentlari va hukumat rahbarlari bilan G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Isroil G‘azo sektorida quruqlikdagi operasiyaga tayyorlanmoqda. Ikki tomondan qo‘shinlar chegara tomon harakatlanmoqda. Isroil mudofaa kuchlari vakili Jonatan  Konrikusning so‘zlariga ko‘ra, jangga kirish buyrug‘i hali chiqarilmagan.

"Isroilni to‘xtatish insoniyatning burchidir. Biz xalqaro hamjamiyatni harakatga chaqiramiz. BMTning ishtiroki – bu asosiy shart.  Zudlik  bilan  nimadir qilish kerak, aks holda oqibatlari dahshatli bo‘ladi", deb qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Shuningdek, u "butun dunyo Isroilning Falastinga qarshi tajovuziga ko‘z yumsa ham, Turkiya buni qabul qilmaydi", dedi.  "Qon  to‘kilishiga  javoban  jim  turadiganlar,  bo‘layotgan voqealarni ochiqdan-ochiq himoya qilayotganlar bir kun kelib navbat o‘zlariga kelishini bilishlari kerak", dedi Erdog‘an.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!